Pentagon rahbari Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bir qarorga keldi

Foto: ALLISON SHELLEY
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Janubiy Koreya va Yaponiyadan bo‘lgan hamkasblari bilan mintaqadagi vaziyat hamda Singapurda tashkillashtirilgan AQSh-KXDR sammiti yakunlarini muhokama qildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt bayonotida aytiladi.
«Qo‘shma Shtatlar Yaponiya oldidagi o‘zining buzilmas mudofaa majburiyatlari va kuchlarning mintaqadagi jangovar tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlashga qat'iy bel bog‘laganini yana bir bor tasdiqladi. Ular (mudofaa vazirlari - tah.) mintaqaviy tinchlik hamda barqarorlikni ta'minlash yo‘lida qalin hamkorlik qilishga va'da berishdi», - deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu bilan muloqotda qo‘shma harbiy mashqlar masalasi ham muhokama qilingan.
«Vazir Mettis va vazir Son amalga oshirilayotgan diplomatik sa'y-harakatlarga birgalikda qo‘llab-quvvatlov taqdim etishni muhokama qildi. Bunda prezidentning AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish uchun birgalikda ishlash ham ko‘rib chiqildi. Vazir Mettis AQSh va Janubiy Koreya ittifoqi buzilmas ekanini tasdiqladi. Har ikki tomon ham mintaqaviy tinchlik hamda barqarorlik yo‘lida qalin hamkorlik qilishga kelishib oldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDR bo‘yicha yagona pozitsiyaga ega ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

09:05 / 21.05.2025