Chechenistonda Salohga 100 kilogramlik tort sovg‘a qilishdi

Foto: NTV
Chechenistonlik ishqibozlar Misr terma jamoasi futbolchisi Muhammad Salohga tug‘ilgan kuni munosabati bilan 100 kilogramm og‘irlikka ega tort sovg‘a qilishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Jamoa aeroportdan biroz xafa kayfiyatda keldi, biroq mehmonxonaga kirish chog‘ida ularni uch qavatli tort kutib turgandi. Unda tabrik yozuvi va tilla rangdagi butsa bo‘lgan. Saloh va futbolchilar bayramona muhitni ko‘rib, tabassum qila boshlashdi», - deya aytib o‘tgan guvohlardan biri.
Misr terma jamoasi mundialning ilk bahsida Urugvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Misrliklar keyingi bahsni Rossiya termasiga qarshi 19 iyun kuni o‘tkazadi. Bellashuv «Sankt-Peterburg» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi

09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish

08:52 / 19.10.2023