Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Tailanddagi g‘orda qolib ketgan yosh futbolchilarni qutqarishda yordamini taklif qildi

Foto: Joshua Lott / AFP
Ilon Mask vakillari Tailand hukumatiga g‘orda qolib ketgan yosh futbolchilar va ularning murabbiyini qutqarishda o‘z yordamlarini taklif qilishdi. Bu haqda Maskning matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu masala yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda, biroq Tailand rahbariyati qanday qarorga kelgani noma'lum.
Mask kompaniyasi Space Exploration Technologies Corp. kompaniyasining navigatsiya qurilmalarini qo‘llagan holda o‘smirlarning g‘ordagi aniq joyini aniqlashda yordam berishi mumkin. Shuningdek, Mask Boring Co. kompaniyasining suv tortib oluvchi tizimlarini va Tesla Powerwalls akkumulyatorlarini taqdim qilishi mumkin.
Iyun oxirida bolalar futbol jamoasi a'zolari murabbiyi bilan birgalikda mamlakat shimolidagi Kxao Luang g‘orida yo‘qolib qolgandi. O‘smirlar kuchli yomg‘ir oqibatida g‘orga kirish joyi suv ostida qolgani sababli g‘ordan chiqisha olmagan. Qutqaruvchilar g‘orga kirib ularni aniqlashgan, biroq ularga suv kamaygungacha 4 oy g‘orda o‘tirib turishlariga to‘g‘ri kelishini aytishgan.

Mavzuga oid

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi

13:28 / 07.07.2025
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi

10:26 / 07.07.2025