Tailandda qutqarilgan bolalarning ota-onalariga ularni quchoqlash taqiqlandi

Foto: Reuters
Tailanddagi g‘ordan qutqarilgan bolalarning ota-onalariga ularni quchoqlash taqiqlandi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Gazetaning xabar berishicha, birinchi bo‘lib qutqarilgan to‘rt bolaning ota-onasi farzandlari bilan yaqin soatlarda ko‘rishishadi, ammo ular farzandlarini bag‘irlariga bosishi yoki o‘pishi taqiqlangan. Taqiq barcha tibbiy tekshiruvlar yakunlanganidan keyin olib tashlanadi.
Bolalar sog‘lomdek ko‘rinishmoqda, ammo shifokorlar ularning biror-bir yuqumli kasallikni yuqtirib olmaganliklariga ishonch hosil qilish uchun tekshiruvlar o‘tkazishmoqda.
Reuters agentligining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar ayni damgacha sakkizta bolani g‘or ichidan olib chiqishgan. Ichkarida yana besh kishi qolgan.
Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilaridan iborat futbol jamoasi va ularning murabbiyi mamlakat shimolidagi g‘or ichiga kirishgan, ammo kuchli yomg‘ir va suv toshqini hamda ko‘chki oqibatida g‘or ichida qolib ketishgan. Qidiruv operatsiyasi 10 kun davom etdi.
Mavzuga oid

23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

20:02 / 18.04.2025