Jahonning eng qimmat brendlari nomi e'lon qilindi

Foto: Getty Images
Google va Apple qiymati 300 mlrd dollardan ortiqroqqa baholanuvchi brendlarga aylandi. Bu haqda Kantar Millward Brown marketing agentligi tomonidan tuzilgan BrandZ eng qimmat brendlar reytingida ma'lum bo‘ldi.
O‘tgan yilgi kabi bu yil ham ro‘yxatning birinchi o‘rnini Google band etdi. Brend 302,1 mlrd dollarga baholangan. Qiymati 300,6 mlrd dollar deb baholangan Apple ikkinchi o‘rinda. Yuqori uchlikni qiymati 207,6 mlrd dollarga yetgan Amazon egallagan.
Reytingga ilk bor Amerikaning Charter Communications kompaniyasining Spectrum brendi (27-o‘rin, 39,4 mlrd), Xitoyning JD.com onlayn riteyleri (59-o‘rin, 20,9 mlrd), Uber (81-o‘rin, 16 mlrd), HP (89-o‘rin, 14,8 mlrd), Xitoyning SF Express logistika operatori (90-o‘rin, 14,5 mlrd), Instagram (91-o‘rin, 14,5 mlrd), Indoneziya BCA xususiy banki (99-o‘rin, 12,7 mlrd) va Adidas (100-o‘rin, 12,5 mlrd) kiritildi.
Reytingni tayyorlash uchun Kantar Millward Brown mutaxassislari butun dunyo bo‘yicha 120 mingga yaqin brend haqida 3,6 mln iste'molchining fikrini hamda brend egalari bo‘lgan kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqqan.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

23:45 / 05.05.2025