Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

Foto: Kabar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga adib nomini berish belgilangan edi.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz sakkizinchi sessiyasida ushbu masala atroflicha ko‘rilib, Yunusobod tumani hududida joylashgan Bodomzor yo‘li ko‘chasiga buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumot o‘rnida: Ch.Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta'sis etilgan.
Mavzuga oid

09:05
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

19:36 / 08.07.2025
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025