«Militsioner o‘yinga qo‘shiladi». JCh-2018 finalida maydonga yugurib chiqqanlar kimlar edi?

Foto: Li Ga / Xinhua / Sipa USA / Scanpix / LETA
«Lujniki» stadionida futbol bo‘yicha jahon chempionati finali vaqtida maydonga 4 kishi yugurib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim davom etayotgan vaqtda maydonda militsiya libosidagi shaxslar paydo bo‘ldi. Ularni tez orada maydondan olib chiqib ketishdi.
Fransiya va Xorvatiya o‘rtasidagi o‘yin bir oz vaqt to‘xtab qolishiga sabab bo‘lganlar Pussy Riot guruhi a'zolari ekani ma'lum bo‘ldi. Guruhning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, «Militsioner o‘yinga qo‘shiladi» aksiyasi rus shoiri Dmitriy Prigovga bag‘ishlangan bo‘lib, guruh shuningdek hukumat oldiga qo‘ygan talablari ro‘yxatini ham e'lon qilgan.
1. Barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish.
2. Layk uchun qamamaslik.
3. Mitinglar vaqtida noqonuniy hibsga olishlarni to‘xtatish.
4. Mamlakatda siyosiy raqobatga ruxsat berish.
5. Yo‘q joydan jinoiy ish ochmaslik va odamlarni sababsiz tergov izolyatorlariga sudramaslik.
6. Yer militsionerini «samoviy militsioner»ga aylantirish.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasini 4:2 hisobida yengib, ikkinchi marta jahon chempionligiga erishdi
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
-
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi

12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi

01:41 / 25.09.2018