Madrid Puchdemonning hibsga olinishiga xalqaro orderni bekor qildi

Foto: EFE
Ispaniya oliy sudi sudyasi Pablo Llarena Kataloniyaning sobiq 6 nafar siyosatchisi – Karles Puchdemon, Toni Komin, Meritksel Serret, Luis Puig, Klara Ponsati va Marta Roviraning hibsga olinishiga xalqaro orderni bekor qildi. Bu haqda La Vanguardia nashri ma'lum qildi.
Kataloniyaning sobiq yetakchisi Puchdemon hibsga olinishdan qutulib qolish uchun avval Belgiyaga qochgan, u yerdan Germaniyaga jo‘nagan.
Ispaniyalik sudya Germaniya sudi Puchdemon isyonni tashkillashtirish ayblovi bilan Ispaniyaga qaytarilmasligi haqida qaror chiqargandan keyin xalqaro orderni bekor qilgan. Nemis sudi Puchdemon davlat mablag‘laridan noto‘g‘ri foydalanish uchun sud qilinsagina, uni qaytarishga rozi bo‘lgan.
Shu bilan birga Puchdemonning hibsga olinishi bo‘yicha ispan orderi o‘z kuchida qolgan. U erkin tarzda chegaradan tashqariga chiqishi mumkin, biroq Ispaniya hududiga kirishi bilan hibsga olinadi.
Puchdemonga davlat pullarini suiiste'mol qilish ayblovi bo‘yicha 12 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Isyon ko‘tarish bo‘yicha ayblov esa 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutadi.
Barcha ayblovlar Madrid tomonidan noqonuniy deb tan olingan, Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi bilan bog‘langan.
Mavzuga oid

15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi

11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi

09:41 / 24.09.2021
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Italiyada hibsga olindi

23:57 / 25.03.2019