Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 yoshga to‘lmagan eng nufuzli odamlar ro‘yxati e'lon qilindi
Joriy yilda Fortune nashri talqiniga ko‘ra 40 yoshga to‘lmagan eng nufuzli odamlar ro‘yxatidagi 1-o‘rinni Instagram asoschilaridan biri va boshqaruvchisi, 34 yoshli Kevin Sistrom va Facebook asoschisi, 34 yoshli Mark Tsukerberg bo‘lishdilar. Reytingni tuzuvchilar Instagram’ning 2018 yilda foydalanuvchilari soni 1 mlrddan oshib ketganini, Facebook esa onlayn-reklamadan milliardlab dollar ishlab topayotganini ta'kidlab o‘tishgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Ro‘yxatda 2-o‘rinni Lyft transport kompaniyasi boshqaruvchilari Logan Grin va Jon Zimmer egallagan. Fortune ularni oxirgi o‘n yillikdagi eng muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlardan birlari deb atagan. 3-o‘rinni Xitoyning Meituan-Dianping internet-kompaniyasi hamasoschisi va bosh boshqaruvchisi, 39 yoshli Van Sin egallagan.
Reytingdan, shuningdek, Walmart, Dropbox, General Motors, Airbnb, Vimeo, Snap, Glossier, Grab vakillari o‘rin olishgan. Ro‘yxatdan o‘rin olgan yagona siyosatchi Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bo‘lgan.
Shuningdek, Telegram asoschisi Pavel Durov reytingga ilk bor kiritilgan va 25-o‘rinni egallagan.
O‘tgan yilgi reytingda 1-o‘rin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga berilgandi.
Mavzuga oid

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:21 / 24.05.2025