Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berildi

Foto: AFP
Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berildi. Shlezvig-Golshteyn yeri oliy sudi siyosatchining Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishini bekor qildi.
Shu tariqa Puchdemonning Germaniyadan Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishi ishi rasman yopilgan.
Avvalroq Madriddagi oliy sud Puchdemonning hibsga olinishiga xalqaro orderni bekor qilgan va uning topshirilishi istagidan voz kechgan. Ispan sudi nemis sudi Puchdemon Ispaniyaga isyonni tashkillashtirish ayblovi bo‘yicha emas, faqatgina davlat mablag‘larini suiiste'mol qilish ayblovi bilangina ekstraditsiya qilinishini mumkinligini tan olgandan keyin shunday qarorga kelgan.
Puchdemon 2017 yil oktabrda Kataloniya muxtor viloyatining Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi bo‘yicha referendumni tashkillashtirishda ayblanib keladi. Puchdemon muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Belgiyaga qochgan, mart oyida esa Germaniya hududi orqali o‘tayotganda hibsga olingan.
Mavzuga oid

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

07:57 / 10.07.2025
Germaniya Xitoyni Qizil dengizdagi lazer hujumida aybladi

21:08 / 09.07.2025
Mers Ukrainadagi urushni tugatish uchun diplomatik vositalar tugaganini aytdi

13:45 / 08.07.2025