Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri abituriyentlarga maslahat berdi

Foto: Xalqaro press-klub
Xalqaro press-klubda 21 iyul kuni «Qabul - 2018: Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuvlar» mavzusida bo‘lib o‘tgan sessiyada oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari hamda dolzarb muhim masalalar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi.
Sessiya so‘ngida oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov shunday maslahat berdi: «Aziz abituriyentlar, testga yaxshi kayfiyat bilan kelish kerak. Yuqori ball olaman degan niyat bilan keling. Hayajonlanib biladigan bilimingizni ham unutib yubormang. Hatto, ichki his-tuyg‘ularingiz ham siqilgan bo‘lishi kerak emas.
Shuningdek, o‘zingiz uchun biror taktikani ishlab chiqing. Masalan, partaga o‘tirish bilanoq, kayfiyatni ko‘tarish uchun eng oson savollaringizni, biladigan savollaringizni yechishni boshlash kerak. Avvalo, oson savollarning javobini topib olib, keyin murakkablariga o‘tsangiz bo‘ladi».
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari rektorlarining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati e'lon qilingandi.
Mavzuga oid

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025