Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida o‘rnatilgan soatli minora 11 sentabr qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlikning nusxasi bo‘lib chiqdi

Foto: UzDaily
Toshkent hokimligi shahar markazida soatli minora o‘rnatdi, u AQShda 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlikning aniq nusxasi bo‘lib chiqdi.
Bunga poytaxt aholisining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda e'tibor qaratdi, ular AQShning Samervill shahrida o‘rnatilgan yodgorlik tasvirlangan suratlarni joylashtirdi. Yodgorlik o‘tgan yil sentabr oyida o‘rnatilgan. Soatlar ostida halok bo‘lgan odamlar nomi qayd etilgan taxtacha bor, u osmono‘par binolardan birining shakliga o‘xshash.
Soatning o‘zbekcha nusxasi Amerikadagisi bilan butunlay mos tushadi, hatto ingliz tilidagi «Yodga olish vaqti» yozuvi ham qoldirilgan.
Kun.uz manbalari xabariga ko‘ra, minora demontaj qilingan.
Dumal proydu mimo etoy temy i ne budu "xaypitsya". No net, eto byla poslednyaya kaplya, t.k. bombit vnutri ot etoy vsey...
Posted by Vitaliy Khalzunov on Monday, July 23, 2018
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025