Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi Turkiyaga F-35 qiruvchilarini yetkazib berishni to‘xtatdi

Foto: AP/Rick Bowmer
AQSh kongressi Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olmoqchiligi sababli Turkiyaga 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda The Washington Times nashri ma'lum qildi.
Tegishli tuzatma 2019 yil uchun AQSh mudofaa byudjyetining oxirgi variantiga kiritilib, uni kongressning ikki palatasi tasdiqladi.
F-35’lar taqdiri bo‘yicha yakuniy qaror Pentagon samolyotlarni yetkazib berishning bekor qilinishi oqibatlarini tahlil qilgandan keyin qabul qilinadi.
The Hill nashrining ma'lum qilishicha, Pentagon 90 kun ichida kongressga Turkiyaning F-35 dasturida ishtiroki to‘xtashi Anqara va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga hamda Turkiyaning S-400’ni sotib olish rejalariga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida doklad taqdim qilishi kerak.
Bundan avvalroq Pentagon rahbari Jim Mettis kongressmenlarni F-35’larni yetkazib berishni taqiqlash g‘oyasidan voz kechishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

12:26 / 31.07.2025
AQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

21:52 / 04.07.2025