Jahon | 21:51 / 26.07.2018
4976
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyaga iqtisodiy sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda 

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens agar Turkiya 2016 yil kuzidan beri ushlab turgan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rmasa, Anqaraga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi. 

“Agar Turkiya bu beayb odamni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rmasa va uni uyiga qaytarmasa, AQSh Turkiyaga qarshi jiddiy iqtisodiy sanksiyalar kiritadi”, deb aytgan Pens Vashingtonda o‘tgan diniy erkinliklar anjumanida.

Pensning aytishicha, “AQSh ma'muriyati pastorning ozod qilinishi bo‘yicha tinimsiz ish olib bormoqda” va uning uy qamog‘iga o‘tkazilishini ijobiy qarshilasa ham, biroq buni yetarli deb hisoblamaydi.

“Prezident Tramp va men uning ozodligi uchun kurashamiz. U turmada bo‘lmasa-da, biroq hali ozodmas”, deb ta'kidlab o‘tgan Pens.

Turkiya sudi qaroriga ko‘ra Bransonga Turkiya hududini tark etish man qilingan. Uning ishi bo‘yicha keyingi sud jarayoni 12 oktabrga belgilangan.  

Amerikalik pastor Turkiya tomonidan Fathulla Gulenning FeTO tashkilotiga sheriklik qilish, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlash ayblovi bilan ushlab turilibdi. Branson unga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilib, ularni “sharmandali va jirkanch” deb atamoqda.

Mavzuga oid