Mahbuslar qamoqxona planshetlari orqali yuz minglab dollarni o‘marishdi

Foto: Jim Hudelson
AQShning Aydaxo shtatida bir necha yuz mahbuslar qamoqxonadagi JPay planshetlarini buzib kirishgan va 255 ming dollarni o‘z hisoblariga o‘tkazishgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
JPay kompaniyasi planshetlari o‘zini yaxshi tutgan mahbuslarga beriladi yoki qarindoshlari tomonidan taqdim etiladi. Mahbuslar planshet yordamida qamoqxona do‘konidan musiqa, kitob yoki o‘yinlar sotib olishlari mumkin.
Kompaniya xavfsizlik xizmati tizim buzilganini iyul boshida sezib qolgan va o‘g‘irlangan pullarning bir qismini qaytargan. Aniqlanishicha, 50ga yaqin mahbus o‘z hisoblariga ming dollardan tushirishgan, eng ko‘p pul tushirgan mahbus 10 ming dollardan ozroq pulga ega bo‘lgan.
“Xakerlar”ga zararni qoplamagunlaricha xaridlar qilish taqiqlandi, shuningdek, ularni saqlab turish sharoitlari qat'iylashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid

16:03
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

13:44
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:41