Daniya hukumati burqa va niqobni taqiqladi

Foto: getty images
Daniyada yuzni to‘liq yopib turuvchi liboslar va yoping‘ichlar, jumladan, burqa va niqobni taqiqlash haqida qonun kuchga kirdi, deb yozadi Anado‘lu agentligi.
Qonun 31 may kuni qirollik parlamentida tasdiqdan o‘tgan. Uni yoqlab 75 nafar deputat ovoz bergan, 30 nafari qarshi chiqqan.
Taqiqni buzish 1000 daniya kronasi (156 dollar) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Agar qoidabuzarlik qaytadan sodir etilsa jarima miqdori 10 ming krona (1,6 ming dollar) gacha yetishi mumkin.
1 avgust kuni kechqurun Daniyaning bir qator shaharlarida, jumladan Kopenhagen va Arhusda norozilik aksiyalari o‘tkazilishi kutilmoqa.
Kopenhagen universiteti tomonidan 2010 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Daniyada 150–200 nafar ayol niqob, faqat uch nafari burqa taqib yurishadi.
Aholisi 5,7 million kishi bo‘lgan Daniyada musulmonlar 7 foizni (qariyb 400 ming kishi) ni tashkil etadi.
Mavzuga oid

23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

18:44 / 02.04.2025