Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ
Davlat test markazining 2018 yil 1 avgustdagi rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish uchun ikki smenada tashkil etilgan test sinovlarida 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 1 393 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi asosida har bitta abituriyentga tartib-qoidalar haqidagi «Eslatma» berilishiga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan ularga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Test sinovlariga kirishdan oldin xavfsizlikni ta'minlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish choralarini ko‘rish maqsadida, Davlat test markazi va ichki ishlar xodimlari tomonidan har bir kirayotgan abituriyentlar metallodetektor yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, test sinovlari jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
«Keyingi test sinovlarida qatnashish uchun tashrif buyurayotgan abituriyentlardan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz», - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

11:17 / 18.06.2025
Ota-onasi xorijda yurgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi

20:32 / 18.05.2025