Jahon | 09:12 / 04.08.2018
6395
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada «Taxtlar o‘yini» serialidagi qal'a sotilmoqda

Foto: Media Drum World

Amerikaning «Taxtlar o‘yini» serialini suratga olish ishlari amalga oshirilgan qal'aning bir qismi Irlandiyada sotuvga qo‘yiladi. Mulkning qiymati 500 ming funtni tashkil etadi. Bu haqda Lonely Planet Writer Maisonni riyeltorlik kompaniyasining saytidagi e'longa asosan xabar berdi.

So‘nggi bir necha yil ichida bu yerda «Taxtlar o‘yini» suratga olingan va shuning uchun qal'a sayyohlar orasida juda mashhurdir. Qal'a devorlari yonida suratga olingan eng mashhur sahnalardan biri - Robb Stark tomonidan lord Rikard Karstarkning qatl etilishi edi.

Gosford deb nomlangan qal'a Irlandiyaning Arma grafligida joylashgan. U normand qayta uyg‘onish uslubida qurilgan. 1921 yilgacha saroy graf Gosfordlarga tegishli bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida u yerda qo‘shinlar joylashtirilgan va harbiy asirlar lageri edi. Shundan so‘ng uni Qishloq xo‘jaligi vazirligi sotib oldi. Urushdan keyin qurilish Buyuk Britaniyaning Qishloq xo‘jaligi vazirligiga berildi, u bu yerda yirik qo‘riqxona-bog‘ni ochdi. 1983 yildan keyin qal'ada mehmonxona bo‘lgan, deb yozadi nashr.

Mavzuga oid