Misrda 3200 yillik pishloq topildi

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov
Misrdagi Sakkara ehrom majmuasidagi qazilma ishlari paytida, tadqiqotchilar 3200 yillik qattiq pishloqni topdilar. Bu haqda Al Youm as Sabia yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, italiyalik arxeologlar nekropollardan birida pishloq bo‘laklarini topishgan.
Ta'kidlanishicha, mutaxassislar pishloq eramizdan avvalgi 1290 va 1213 yillar oralig‘idagi davrda tayyorlanganini ma'lum qilishgan.
Shu bilan birga, mahsulotni tayyorlash uchun echki, qo‘y va sigir suti bir vaqtning o‘zida ishlatilgan.
Olimlar, shuningdek, pishloqda O‘rta Yer dengizi bezgagi, deb ataluvchi kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni topishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikadagi qazilma ishlari davomida qadimgi sivilizatsiyaga tegishli sirli qabr topilgandi.
Mavzuga oid

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:42 / 21.06.2025
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

21:04 / 09.06.2025