Jahon | 20:15 / 10.08.2018
8582
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida AQShning KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirish bo‘yicha so‘rovini blokladi

Foto: twitter.com / @KvanOosterom

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha yangi yuridik va jismoniy shaxslarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish borasidagi so‘rovini blokladi. Bu haqda Rossiya TIV xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, sanksiya ostiga tushadigan tashkilotlar ro‘yxatiga go‘yoki noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan va KXDRga qarshi sanksiyalarni buzayotgan Rossiyaning «Agrosoyuz» tijorat banki ham kiritilgan. Rossiya TIV Amerikaning bu iddaosini ishonchsiz deb atadi.

Amerika tomonining KXDRga «maksimal bosim» o‘tkazish pozitsiyasi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, deya qayd etiladi TIV bayonotida.

Mavzuga oid