Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yorqin tog‘lar
Odatda tog‘lar sayyohlarni o‘zining shakli va hajmining ulug‘vorligi bilan hayratga soladi. Biroq Xitoyning Gansu provinsiyasi tog‘larining o‘ziga xos jihati – ularning yorqin va to‘q ranglari.

Moviy, kulrang, malla, alvon va yashil – «pushtirang bulut» deya tarjima qilinadigan «Denksiya» geologik bog‘i aynan shunday ranglarda namoyon bo‘ladi. Biroq butun dunyoda bu tog‘ tizilmasi «rang-barang tog‘» yoki «kamalaktog‘» nomi bilan mashhur.

Kuzatuvchida bu manzara bir-biri ustiga quyilayotgan dengiz to‘lqinlarini eslatadi.

300-400 metr balandlikdagi rang-barang tog‘ tizilmasi qumdan tashkil topgan. Million yillar davomida to‘planib borish va turli tashqi sharoitlarning ta'siri ostida har bir qatlam o‘zining individual rangiga ega bo‘lgan. Yerning siljishi sabab har bir qatlam ko‘z o‘ngimizda yorqin ko‘rinish kasb etgan.
Mavzuga oid

20:15
Xitoyda Chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari 7000 dan oshdi

21:08 / 05.08.2025
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita

14:22 / 05.08.2025
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

11:48 / 04.08.2025