Kamchatkada O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshining umriga zomin bo‘ldi

Foto: AiF Kamchatka
24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini tasodifan o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. U «Komatsu» yuk ortuvchi o‘ziyurar mashinani boshqarib, erkakni bosib ketgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha Tergov boshqarmasi xabar berdi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, fojia 8 avgust kuni Dalniy qishlog‘idagi asfalt zavodi hududida yuz bergan. Erkak tegishli ruxsatnoma va hududni tozalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga huquqi bo‘lmay turib, «Komatsu» markali yukortgichni boshqargan. U tashkilot vakillarining yo‘qligidan foydalangan, hamda ishni imkon qadar tezroq bajarish maqsadida yukortgichda harakatlanib, burilish bilan bog‘liq manyovrni amalga oshirgan, biroq o‘z harakatlari xavf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilmagan. Natijada, o‘z sherigi - O‘zbekiston fuqarosini bosib ketgan. Erkak olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.
«Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari noqonuniy tarzda Kamchatka o‘lkasi hududida bo‘lgan, ularning mamlakatda bo‘lish uchun ruxsatnoma muddati tugagan», - deya aniqlik kiritishgan mahkamadan.
Hozirda ish bo‘yicha sud ekspertizalari tayinlandi, sodir etilgan jinoyatning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025