Toshkentdagi Inxa Universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston hukumati Toshkent shahridagi Inxa Universiteti (IUT) rektori vazifasini bajaruvchisini tayinladi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Muzaffar Jalolov poytaxtdagi Inxa Universiteti tarixidagi uchinchi rektor bo‘ldi. Bu tayinlovga qadar u UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Jalolov IUT'ning ikkinchi rektori Sarvar Boboxo‘jayevning o‘rnini egalladi. Boboxo‘jayev iyun oyida O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ta'kidlash joizki, Inxa universitetining birinchi rektori ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri sifatida faoliyat yuritayotgan Sherzod Shermatov bo‘lgan.
Mavzuga oid

10:06
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025