Jahon | 17:10 / 13.08.2018
9770
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada elchi Karlovning o‘limi bo‘yicha ish yuzasidan yana bir ayblanuvchi hibsga olindi

Foto: Burhan Ozbilici/AP

Turkiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovni o‘ldirish bo‘yicha ish yuzasidan yana bir kishi hibsga olindi, deya xabar beradi Anadolu.

Ta'kidlanishicha, hibsga olingan shaxsning ismi Oysha So‘gut. U Karlovning qotillaridan biri - Mavlud Oltintosh aloqada bo‘lgan shaxslardan birining xotini.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Co‘gut Turkiyada taqiqlangan FETO tashkiloti bilan aloqador kompaniyalar ishiga jalb qilingan bo‘lgan.

Aprel oyida Rossiya elchisini o‘ldirgan shaxsning «kuratori» Turkiyada qo‘lga olingandi.

Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko‘rgazma ochilishida otib o‘ldirildi.

Hujumni keyinchalik huquq-tartibot idoralari bilan yuz bergan otishmada yo‘q qilingan shaxs, tadbirda elchini qo‘riqlagan politsiya xodimi Mavlud Oltintosh amalga oshirdi.

Mavzuga oid