Forbes Skarlett Yoxanssonni 2018 yilning eng ko‘p daromad topgan aktrisasi deb e'lon qildi

Aktrisa Skarlett Yoxansson Forbes jurnali talqini bo‘yicha yilning ko‘p daromad topgan aktrisalari reytingida birinchi o‘rindan joy oldi.
33 aktrisa 12 oy ichida 40,5 mln dollar pul ishlagan . Jurnalning qayd etishicha, daromadining aksariyat qismini Yoxansson "Qasoskorlar" turkumidagi filmlarda ishtirok etib topgan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 28 mln dollar bilan Anjyelina Joli egalladi. U 2020 yilda ekranlarga chiqishi mo‘ljallangan "Malefisenta 2" filmidagi ishtiroki uchun olgan avansi evaziga yuqori o‘rindan joy oldi. Uchinchi o‘rin Jyennifer Enistonga nasib etdi (19,5 mln dollar).
Reytingda qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: Jyennifer Lourens (18 mln), Riz Uizerspun (16,5 mln), Mila Kunis (16 mln), Juliya Roberts (13 mln), Keyt Blanshett (12,5 mln), Melissa Makkarti (12 mln). Yuqori o‘nlikni "Mo‘'jiza ayol" filmida bosh rolni ijro etgan isroillik aktrisa Gal Gadot yakunlab beradi (10 mln dollar).
Forbes aktrisalarning 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyunga qadar soliqlar to‘langunga qadar topgan daromadlarini hisobga olgan.
O‘tgan yilgi reytingda birinchi o‘rinni "La-La-Lend" filmidagi roli uchun "Oskar" olgan 29 yoshli Emma Stoun egallagandi. U 26 million dollar ishlagan. Aktrisa bu yilgi reytingga kira olmadi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

09:32 / 24.12.2024
O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

11:17 / 07.12.2024
Halima Ibragimova vafot etdi

20:42 / 06.10.2024