Tramp AQSh sanoati uchun po‘latga bojlar najot bo‘lishini ma'lum qildi

Foto: REUTERS/Joshua Roberts
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, po‘lat bo‘yicha bojlar Amerika po‘lat sanoati uchun najot bo‘ladi.
Trampning ta'kidlashicha, saylangan paytida AQSh po‘lat sanoati chuqur inqirozda bo‘lgan va yo‘qolib ketish arafasida turgan. Uning fikriga ko‘ra, bojlar ko‘tarilishi tufayli po‘latga narxlarning qisqa muddatli oshirilishi AQSh iqtisodiyoti uchun muammo bo‘lmaydi.
«Narxlar keyin albatta tushadi, hozirgi choralar esa AQSh milliy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega», - dedi Tramp.
Keyinchalik, Trampning fikricha, AQSh kompaniyalari jahon po‘lat bozorida raqobatlasha oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Meksika va Kanadaga yangi bojlar bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid

12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida

12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi

09:32 / 09.05.2025
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

12:10 / 07.05.2025