Apple App Store'dan minglab noqonuniy ilovalarni o‘chirdi

Foto: shutterstock
Apple korporatsiyasi App Store do‘konining xitoycha versiyasidan XXRda noqonuniy hisoblangan minglab o‘yinlarni o‘chirdi.
"Pul tikiladigan o‘yinlar Xitoyda noqonuniy hisoblanib, ularni tarqatish taqiqlanadi, - deya ma'lum qilindi dushanba kuni Apple'da. - Biz App Store'dan noqonuniy o‘yinlarni o‘chirdik va ularni tarqatishga urinayotgan ishlab chiqaruvchilarni aniqlash hamda ularning tizimga kirishini taqiqlash yo‘lida kerakli choralarni ko‘ramiz".
Apple'ning rasmiy matbuot relizi chiqquniga qadar Xitoyning CCTV telekanali Apple xitoycha App Store'idan 25 ming noqonuniy ilovani o‘chirgani haqida xabar bergan edi, biroq o‘chirilgan ilovalar soniga oid ma'lumot tasdiqlanmadi.
Bundan avval Amerika kompaniyasi CCTV tomonidan tanqid qilingan edi, CCTV Apple'ni XXR foydalanuvchilari noqonuniy ilovalardan yetarlicha himoyalanmaganida ayblagan.
"Apple o‘z do‘koniga kirish qoidalarini o‘zi belgilagan, lekin ularga rioya qilmaydi, bu esa App Store'da soxta lotereyalar va pul tikiladigan o‘yinlarning tarqalishiga olib keldi", - deyilgan CCTV'da ko‘rsatilgan syujyetda.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025