Tramp Myullerning tekshiruvini noqonuniy deb atadi

Foto: Getty Images
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning aytishicha, maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiya ishi bo‘yicha surishtiruvlari «noqonuniydir». Bu haqda u Bloomberg’ga bergan intervyusida aytdi.
O‘zi Myullerga ko‘rsatma berishga tayyorligi haqidagi savolga, Tramp shunday javob qaytardi: «Ko‘ramiz».
«Men buni boshqacha ko‘rmoqdaman. Men buni noqonuniy surishtiruv, deb bilaman», - dedi AQSh prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «buyuk aqllar» «hech qanday maxsus prokuror bo‘lmasligi kerakligini» ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShda «zo‘ravonliklar» yuz berishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020