Sport | 12:48 / 15.09.2018
9301
1 daqiqa o‘qiladi
Tuxel «PSJ» rekordini o‘rnatdi

Foto: AFP
«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub rekordini o‘rnatdi.
Opta xabariga ko‘ra, 45 yoshli nemis mutaxassisi «PSJ» bilan Fransiya chempionatini qatorasiga 5ta g‘alaba bilan boshlagan ilk murabbiy bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha «PSJ» o‘z maydonida «Sent-Eten»ni (4:0) tor-mor etdi. Avvalroq, Tuxel shogirdlari «Kan» (3:0), «Gengam» (3:1), «Anjyer» (3:1) va «Nim» (4:2) klublarini mag‘lub etgandi.