Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi tashkillashtirishga uringan afg‘onistonlik afv etildi

Foto: Videodan kadr
Afg‘oniston fuqarosi O‘zbekiston Islomiy harakati a'zosi bo‘lgan.
«O‘zbekiston-24» telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Abdulhamid Muhammad Hasan 1977 yilda Afg‘onistonda tug‘ilgan.
2005 yilda u O‘zbekistonga qarshi jinoiy harakatlarda ishtirok etganligi uchun Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) xodimlari tomonidan hibsga olingan.
1998 yildan u Tohir Yo‘ldoshev boshchilik qilgan, Afg‘onistonda O‘zbekiston Islomiy harakati a'zosi hisoblangan. Ta'kidlanishicha, u amaldagi konstitutsion tuzumni o‘zgartirish, hokimiyatni qo‘lga olish, davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni buzishga qaratilgan fitnada faol ishtirok etgan.
Qo‘lga olinganidan so‘ng, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va Toshkent shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi uni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sentyabr oyi boshida u prezident farmoniga binoan afv etildi va ozodlikka chiqarildi.
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025