Avstraliyada qulupnay ichiga igna tiqib qo‘yayotgan gumonlanuvchi ushlandi

Foto: Facebook/Angela Stevenson
Avstraliya politsiyasi qulupnay mevasi ichiga igna tiqib qo‘yayotgan o‘smirni ushladi. Ta'kidlanishicha, o‘smir buni “hazil tariqasida” amalga oshirgan. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Avvalroq Avstraliyada do‘konlarda sotilayotgan qulupnay ichidan ignalar chiqayotgani ma'lum qilingandi.
Xabarda ta'kidlanishicha, tergov davom etadi va huquq-tartibot idoralari qolgan gumonlanuvchilarni izlashni davom ettiradi.
ABC telekanalining xabar qilishicha, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga igna tiqib qo‘yayotgan jinoyatchilar uchun jazoni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha qat'iylashtirishni taklif qilgan.
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

12:24 / 30.04.2025