Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 1,5 kilogrammdan ortiq marixuana topildi

Foto: IIBB axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, 2018 yilning 22 sentabr kuni Jizzax viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li hududlardagi tezkor bo‘lim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Paxtakor tumanida yashovchi U.B. 36,86 gr. marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Uning yonida yana 64 gr. miqdorda marixuana borligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, U.B. ishlayotgan fermer xo‘jaligi shiyponidan 1 kg. 580 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topildi.
Holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025