Siyosatchi onalar (fotojamlanma)
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardernning BMT bosh assambleyasida o‘zining uch oylik chaqalog‘i Neve bilan borgani barchaning yuziga tabassum yugurishiga sabab bo‘ldi.

Ardern xonim BMT Bosh assambleyasida emizikli bolasi bilan qatnashgan birinchi ayol bo‘ldi. Siyosiy rahbarlik lavozimida turib farzandli bo‘lish esa oldinroq faqat Pokistonning mashhur bosh vaziri Benazir Bxuttoga nasib etgan.
Mamlakat rahbarlari orasida yosh bolalilar ko‘p topilmasa ham, siyosatchilar orasida bunday ayollar talaygina. Keling, ularning ba'zilari bilan tanishsak.

1. Temmi Dakuort. Amerikalik senator. Surat 2018 yilning 18 iyunida olingan. Ushbu senator Donald Trampning migratsion siyosatiga qarshi namoyishda qatnashmoqda.

2. Yuka Ogata. Yaponiyaning Kumamoto shahar assambleyasi a'zosi tashkilot majlisida 7 oylik farzandi bilan qatnashmoqda.

3. Yevroparlamentning shvetsiyalik vakilasi Jyutti Guteland farzandi bilan ovoz berish jarayonida. 2017 yil, 14 mart. Strasburg, Fransiya.

4. Yana Guteland xonim. Biroq bu Yevroparlamentning boshqa yig‘ilishi.

5. Yevroparlamentning buyuk britaniyalik a'zosi Annelis Dods ovoz berish jarayonida. 2016 yil, 7 iyun. Strasburg, Fransiya.

6. 2016 yil 13 yanvar. «Biz uddalaymiz» partiyasi deputati Karolina Beskansa o‘g‘li Diyego bilan parlament yig‘ilishida.

7. 2010 yil 16 dekabr. Italiyaning Yevroparlamentdagi vakilasi Lisiya Ronzulli tashkilotning Strasburgdagi yig‘ilishida qatnashmoqda.

8. 2013 yil 19 noyabr. Bu ham Ronzulli xonim. Uning qizalog‘i Vitoria katta bo‘lib qolganida ham onasi bilan ishga borishni kanda qilmagan.

9. Daniyaning Yevroparlamentdagi a'zosi Xanna Dal farzandini siyosiy yig‘ilish chog‘ida ham zeriktirib qo‘ymaydi.
10. 2018 yil 24 sentabr. Nyu-York. Yangi Zellandiya bosh vaziri Jasinda Ardern uch oylik qizchasi Neve bilan. Qizaloqqa maxsus akkreditatsiya ham tayyorlangan. Uning siyosiy maqomi ham ajoyib: Birinchi bola. Xuddi Birinchi xonim deyilgani kabi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi
Jahon | 08:52
-
Isroil armiyasi Eron harbiy va yadroviy obektlariga keng ko‘lamli hujum boshladi - Tafsilotlar
Jahon | 08:25
-
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida
Jamiyat | 07:48
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
Mavzuga oid

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi

19:28 / 27.11.2024