Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina armiyasini boshqarish tizimi oddiygina parol bilan himoyalangani ma'lum qilindi

Foto: Global Look Press
Ukraina qurolli kuchlarining qo‘shinlarni boshqarish avtomatik tizimi “Dnipro” serverlariga kirish uchun uzoq vaqt davomida oddiygina “admin” va “123456” parollaridan foydalanib kelingan. Bu haqda jurnalist Aleksandr Dubinskiyga iqtibos keltirgan holda UNIAN axborot agentligi ma'lum qildi.
“Biror-bir maxsus bilimlarsiz serverlar, routerlar, ovozli shlyuzlar, printer va skanerlarga erkin kirish, ya'ni qurolli kuchlarning katta ko‘lamdagi maxfiy axborotini tahlil qilish mumkin bo‘lgan. Bunday katta ko‘lamdagi axborotning sizib chiqib ketishi hisobga olinsa, raqibga tizimni skaner qilib, qo‘yilgan vazifalarni bilib olish uchun bir necha kungina yetarli bo‘ladi”, deb ma'lum qilgan jurnalist.
Uning aytishicha, zaif nuqtani topgan Dmitriy Vlasyuk ushbu masala yuzasidan Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga murojaat qilgan. U yerdan Vlasyukning maktubi tashqi razvedka xizmatiga yuborilgan. Bu tashkilotdan esa tizim ularga qaramasligi hamda boshqa mutasaddi idoralarga murojaat qilish tavsiya qilingan javob kelgan. “4-oy o‘tdiki, mudofaa vazirligi texnik vositalari, server va kompyuterlariga kirish parollari o‘sha-o‘sha qolmoqda”, deb aytgan Dubinskiy.
Ta'kidlanishicha, “Dnipro” tizimi “harbiy internet” kabi ma'lum bo‘lgan lokal axborot tizimi hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:41
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

18:40 / 08.07.2025
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?

11:31 / 08.07.2025
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi

09:14 / 08.07.2025