O‘zbekiston | 17:02 / 28.09.2018
24150
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi A-91 benzinining chakana narxi boshqa davlatlardan qanchalik farq qiladi?

Foto: KUN.UZ

O‘tgan o‘n yil ichida “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalaridagi qazib olish hajmlari quyidagicha pasayib borgan: tabiiy gaz 1,4 barobarga yoki 2007 yilda 59 milliard kub metrdan 2017 yilda 42,3 milliard kub metrgacha; neft - 3,8 barobarga yoki 3 million tonnadan 0,8 million tonnagacha; gaz kondensati – 1,8 million tonnadan 1,4 million tonnagacha, ya'ni 28 foizga. 

Tabiiy resurslarning kamayib borishi xolisona ravishda qazib olish hajmlarining tushishiga olib kelmoqda. Bu, xususan, “O‘zbekneftgaz” AJning 35-40 yil davomida xom ashyo bazasi hisoblangan – Ko‘kdumaloq, Gazli, Sho‘rtan guruhi, Dengizko‘l konlari misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari, geologik qidiruv ishlarini olib borish, eski konlarda qazib olishni saqlab qolish va yangi zaxiralardan foydalanishni boshlash sarmoyalar miqdorini ko‘paytirishni talab etadi. 

Bundan tashqari, tabiiy gaz qazib olish tannarxi ham ortib bormoqda. Chunki konlarni ishlab chiqishning dastlabki bosqichida gaz yotoq bosimi 400-500 atm.ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda konlardagi gaz yotoq bosimi o‘rtacha  25-40 atm.ga teng. Shu bilan birga, gazni tashish tizimiga tayyorlash va yetkazib berish uchun kamida 75 atm.lik bosim zarur.

Shu munosabat bilan, 2000-2017 yillar oralig‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 66 ta agregatli 16 ta siqish kompressor stansiyalari qurilgan va foydalanishga topshirilgan. Aynan shu stansiyalar konlardagi tabiiy gaz yetkazib berish bosimini kerakli darajada ushlab turishga yordam beradi. Bu kabi xarajatlar tabiiy gaz qazib olish tan narxining o‘sishiga ham ta'sir ko‘rsatadi, 2000 yilda bir ming kub metr tabiiy gaz uchun 3,16 AQSh dollari berilgan bo‘lsa, 2018 yilda bu qiymat 20 AQSh dollariga yetgan.  

Shubhasiz, uglevodorodlarni qazib olishdagi o‘zgarishlar aholi ehtiyojini qondirish jarayoniga o‘z ta'sirini ko‘rsatmasligi zarur. Neft va neft mahsulotlari importi hajmini majburiy oshirish orqali vaziyatdan kechilmoqda. Shunday qilib, oxirgi 10 yil ichida neft mahsulotlarini iste'mol qilishda suyuq uglevodorodlarning ulushi 3,8 barobarga o‘sgan, ya'ni 2008 yildagi 16,8 foizdan 2018 yildagi 64,3 foizga. 

Importning o‘sishi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va neft mahsulotlarini sotib olish sarflanadigan valyuta hajmining tobora oshishi deganidir. 2008 yilda ushbu maqsadlarga 362 million AQSh dollari sarflangan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 940 million AQSh dollariga yetdi, ya'ni 2,6 barobar o‘sish.

Bu ichki bozor neft mahsulotlari iste'molini qisqartirayotganiga qaramay. 2007 yildan 2017 yilga qadar benzin, dizel yoqilg‘isi, aviatsiya kerosini, yoqilg‘i moyi va boshqa neft mahsulotlari iste'moli 1,7 barobarga qisqargan, ya'ni yiliga 4,9 million tonnadan 2,9 million tonnagacha.

Obektiv sabablarga ko‘ra qazib olishning pasayishi va valyuta xarajatining o‘sishi sanoatning e'tiborni tarif siyosatiga va uni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga qaratishi zarur, kerak bo‘lganida noananaviy usullar orqali ham. Bunda O‘zbekiston ichki bozorida neft mahsulotlariga bo‘lgan chakana narxning jahon neft narxlaridan ortda qolayotgani ekanligi o‘z rolini o‘ynaydi.

Ayniqsa, A-80 va A-91 benzini uchun 2017 yil 15 noyabrda belgilangan narxlar jahonda neftning bir barrel uchun o‘rtacha 60 AQSh dollari berilayotganida hisoblab chiqilgan. Shu bilan birga, 2018 yil 7 sentabr holatiga ko‘ra, jahon neft bahosi bir barrel uchun 77 AQSh dollarini tashkil etadi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, O‘zbekistonda A-91 benzinining chakana narxi bir litr uchun 0,53 AQSh dollarini tashkil qilsa, Rossiya bu ko‘rsatkich -0,64 dollar/l, Qirg‘izistonda – 0,63 dollar/l, Turkiyada – 1,04 dollar/l, Xitoyda – 1,09 dollar/l.

Xarajatlarning alohida qismi tabiiy gazga asoslangan elektr quvvatini ishlab chiqarishdir. 2017 yilda respublikada 61 milliard kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, shundan 48,8 milliard kVt yoki 80 foizi - tabiiy gaz asosida. Ushbu hajmdagi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun qazib olingan tabiiy gazning 24,3 foizi sarflangan yoki 15,2 milliard kub metr.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, “O‘zbekenergo” AJning investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilgan kredit va zaymlar bo‘yicha jami qarzdorligi 2,063,7 million AQSh dollarini tashkil qiladi yoki xususiy kapitalning 114 foizi.

“O‘zbekenergo” AJning joriy moliyaviy holatiga ko‘ra, 2018 yilda qaytarilishi kerak kredit qismini o‘z vaqtida to‘lay olmasligi xavfi bor. Texnologik zararlar o‘zining salbiy rolini o‘ynamoqda. Ko‘p jihatdan, ular elektr stansiyalarning eskirgan uskunalari bilan izohlanadi. 

Mavzuga oid