Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh esminetsi va Xitoy kemasining to‘qnashib ketishiga bir baxya qolgani ma'lum bo‘ldi

Foto: REUTERS
AQSh Tinch okeani floti vakili, kapitan Charlz Braunning ma'lum qilishicha, Xitoyning Luyang esminetsi Janubi-Xitoy dengizida USS Decatur kemasi yaqinida «xavfli» manyovrlarni amalga oshirdi. Amerikalik kapitanning so‘zlari CNN telekanali tomonidan keltirilgan.
Braunning aytishicha, Xitoy kemasi XXR hududiy suvlarini tark etishni talab qilib Amerika esminetsiga yaqinlashgan. Uning ta'kidlashicha, bir nuqtada kemalar orasidagi masofa taxminan 41 metrni tashkil qildi, shuning uchun USS Decatur to‘qnashuv oldini olish uchun «manyovr» qilishga majbur bo‘ldi.
«[Xitoy kemasining ekipaji] USS Decatur [Janubi-Xitoy] dengizni tark etishini talab qilib, bir qator tajovuzkor harakatlarni amalga oshirdi», - deya ma'lum qildi Braun.
Braunning qayd etishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalari xalqaro qonunlar to‘sqinlik qilmaydigan joyda bo‘lishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh bilan xavfsizlik bo‘yicha uchrashuvdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid

09:30
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi

07:56
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

21:29 / 08.07.2025