Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘lim bilan yakun topgan selfilar soni qaysi davlatda eng ko‘pligi aniqlandi

Foto: ROMEO GACAD/AFP/Getty Images
Journal of Family Medicine and Primary Care jurnali selfi qilishga urinish chog‘ida ro‘y bergan o‘lim holatlari soni eng ko‘p qayd etilgan davlatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Umuman olganda, 2011 yildan buyon 259ta «fojiali selfi» holati qayd etildi. Shu bilan birga, Hindiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi - 159ta holat.
Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo katta farq bilan - selfi oqibatida 16ta o‘lim holati. Keyingi pog‘onadan AQSh 14ta o‘lim holati bilan joy oldi.
Bundan tashqari, ma'lum bo‘lishicha, 72% holatda erkaklar qurbonga aylangan. Ta'kidlanishicha, ayollar aksariyat vaziyatlarda ko‘proq o‘zlarini suratga olishadi. Bu aynan erkaklar tavakkal qilishni va o‘zlarini shu paytda suratga tushirishni yoqtirishi bilan izohlanadi.
Shuningdek, tadqiqotchilarning aniqlashicha, selfi paytida halok bo‘lishning eng ko‘p sabablari - cho‘kish, transportdan halok bo‘lish va balandlikdan qulash.
Mavzuga oid

09:40 / 07.07.2025
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda

09:01 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

08:21 / 28.06.2025
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

12:22 / 27.06.2025