Farzandingiz maktabga boradimi? Unda NIDO® siz uchun!
Maktab — har bir bola hayotidagi muhim davr. Bu maskanda bola asosiy bilimlarni egallaydi, mustaqil fikrlashni va boshqa bolalar bilan muloqot qilishni o‘rganadi. Vujudga kelgan muammolarni to‘g‘ri hal qilish sabog‘ini olib, katta hayotga birinchi qadamlarini bosadi. Shu vaqtda har tomonlama yetuk shaxs shakllanishi va rivojlanishi uchun poydevor qo‘yiladi.
Har bir ona farzandi maktabda qiynalmay ta'lim olishini xohlaydi. Lekin bugungi kunda o‘quvchilarga yuklangan majburiyatlar ko‘pligini hisobga olsak, bu oson emas. Majburiy darslardan tashqari, to‘garaklar, sport seksiyalari, musiqa, rassomlik va boshqa turli-tuman mashg‘ulotlar bor. Bularning barchasiga ulgurish uchun farzandingizga nafaqat vaqt, balki talaygina kuch ham kerak. Dars paytida e'tiborli bo‘lish bilan birga emotsional barqarorlik, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonish ham talab etiladi. Bunda to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bola aqliy va jismoniy sog‘ligini saqlashi uchun barcha kerakli vitamin va mineral moddalarni iste'mol qilishi lozim. Onalar farzandlarini to‘laqonli oziqlantirish uchun imkoni boricha harakat qiladilar. Bu bolalarga murakkab maktab davridan qiyinchiliklarsiz o‘tishga yordam beradi.
Ayni muhim ishda onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Nestle kompaniyasi O‘zbekistonda NIDO® sutli ichimligini ishlab chiqarmoqda. Tabiiy sut asosida ishlab chiqarilgan bu ichimlik maktab yoshidagi bolalarni oziqlantirishda foydali qo‘shimcha bo‘ladi. Uning tarkibida yosh organizm uchun zarur vitamin va mineral moddalar mavjud: temir va V guruhi vitaminlari yangi bilimlarni o‘zlashtirishga hamda asab tizimiga ijobiy ta'sir etib, rux, selen, A va S vitaminlari esa immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Kaltsiy va D vitamini bola suyaklarining me'yorida rivojlanishi, mustahkam bo‘lishi uchun ko‘maklashadi.
Yoqimli shirin ta'm va xushbo‘y vanil mazasiga ega NIDO® bolalarga yoqadi.
Vitamin va mineral moddalar bilan boyitilgan sutli ichimlik ikki xil shaklda ishlab chiqariladi: bir litrlik mahsulotni uyda, butun oila iste'moli uchun qoldirsangiz, qulay, iste'mol uchun tayyor 200 ml. hajmdagi qadoq esa har qanday ryukzakka oson joylashadi.
Biz yangi sog‘ilgan sutni juda ko‘p miqdorda saralab olamiz.
Uni ultra yuqori harorat ostida qayta ishlaymiz.
Vitamin va mineral moddalar bilan boyitamiz.
Natijada, Siz o‘z mehringizni hadya etishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

14:00 / 17.02.2025
Dorilarni sut bilan ichish ularning ta’sirini yaxshilaydi - tadqiqot

14:58 / 18.01.2025
Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi

12:21 / 12.12.2024