Rossiyada Donetskdagi urush harakatlarida qatnashgan o‘zbekistonlik yollanma jangchi ozodlikka chiqarildi

Foto: RIA "FAN"
Donetskdagi urush harakatlarida ishtirok etgan Ruslan Bobojonov (taxallusi «Lochin») ozodlikka chiqarildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bunda unga «Komsomolskaya pravda» nashri jurnalistlari yordam berishgan.
Qayd etilishicha, «Komsomolskaya pravda» jurnalistlari Ruslanni 2014 yilgi janglardan buyon shaxsan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra («Yollanish») nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid

21:34 / 12.06.2025
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

16:58 / 04.06.2025
“Yarador bo‘lsam ham yordam ko‘rsatishmadi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit jazoga tortildi

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

13:22 / 05.05.2025