Zeman Rossiya bilan gaplashish kerakligini ma'lum qildi

Foto: president.gov.ua
Chexiya prezidenti Milosh Zemanning ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni bilan muloqotni davom ettirish kerak, biroq, shu bilan birga, uning fikriga qo‘shilish shart emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, e'tibor bermaslik «eng ahmoqona» xatti-harakatdir.
«Biz Rossiya bilan kelishishga majbur emasmiz, ammo u bilan gaplashishimiz kerak», - dedi Zeman.
Uning qo‘shimcha qilishicha, aloqaning yo‘qligi munosabatlarni rivojlantirishda boshi berk ko‘chaga olib keladi. Bundan tashqari, siyosatchi o‘ziga yangi dushmanlarni o‘ylab topadigan odamlarga achinishini bildirdi.
«Men Rossiya va Xitoyga iqtisodiy diplomatiyani qo‘llab-quvvatlovchi sifatida katta mamnuniyat bilan tashrif buyuryapman, chunki yangi bozorlarni izlash muhim», - deya bildirib o‘tdi Zeman.
Uning qayd etishicha, «barcha azimutlar siyosati»ning tarafdori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Putinni Vashingtonga taklif qilgandi.
Mavzuga oid

12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi

23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

08:40 / 13.05.2025