Dunyodagi eng yaxshi pishloq tanlandi

Foto: Christian Roth Christensen / Visitnorway.com
O‘tgan dam olish kunlari Norvegiyaning Bergen shahrida pishloq pishiruvchilarning nufuzli xalqaro tanlovi World Cheese Awards bo‘lib o‘tdi. Tanlovda butun dunyodan deyarli 3500 turdagi pishloq taqdim qilindi.
Tanlovning bosh mukofoti mahalliy norveg pishlog‘i Fanaustga nasib qildi. Bu pishloq Bergen yaqinidagi Ustegorden fermasida tayyorlanadi. 2-o‘rin ham norveg pishlog‘i – Xelfeyt turidagi pishloqqa berildi. Bu pishloq echki sutidan tayyorlanadi.
Tanlovda hammasi bo‘lib 41 ta davlatdan 3472 turdagi pishloq taqdim qilindi. Italiya, Shveytsariya, Fransiya, Germaniya kabi pishloq ishlab chiqarishdagi yetakchi davlatlar tanlovga katta turdagi pishloqlar olib keldi. Biroq tanlovda norveg pishloqlarining rekord darajada taqdim qilingani haqiqiy syurpriz bo‘lgan: Norvegiya sharafini 175 turdagi pishloq himoya qilgan.
Tanlov hakamlar hay'ati tarkibiga professional hakamlardan tashqari, pishloqni xush ko‘ruvchi boshqa insonlar – blogerlar, jurnalistlar, muzeylar vakillari va gastronomiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa odamlar kirdi. Joriy yilda hakamlar hay'atida 50 nafar norvegiyalik va 29 ta davlatdan yana 180 hakam ishladi. Ular pishloqlarning tashqi ko‘rinishi, sirti sifati, asosiy ko‘rsatkichlari (namliligi, yog‘liligi, rang, quyuq-suyuqligi) va eng asosiysi, ta'miga baho berishgan.
Mavzuga oid

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

16:49 / 15.02.2025