Jahon | 21:40 / 11.11.2018
22293
2 daqiqa o‘qiladi

Putin va Tramp Parijda muloqot o‘tkazishini istashmadi, biroq ular ko‘rishishdi

Foto: epa/vostock-photo

Fransiya tomoni RF va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvini 11 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar doirasida tashkillashtirmaslikni «yetarli tarzda sabot bilan» so‘ragan. Bu haqda RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozadi TASS.

Lekin shunga qaramasdan ishchi nonushta chog‘ida Tramp va Putin muloqot qilishga muvaffaq bo‘lishgan.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Tramp va Putin Parijdagi Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan ishchi nonushta chog‘ida bir-biri bilan salomlashishgan va xayrlashayotib, bir-birlariga «Yana uchrashguncha», deyishgan.

«Tushlik chog‘ida bir-birlari bilan oyoqda turib salomlashishdi. Muzokara o‘tkazishga imkoniyat bo‘lmadi», — dedi Peskov. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ishchi nonushtadan so‘ng Putin xalqaro Tinchlik forumiga yo‘l olgan.

«Tramp esa Yelisey saroyini tark etdi. Ular bir birlariga «Yana uchrashguncha», deyishdi», — deya qo‘shimcha qilgan Peskov.

Mavzuga oid