Husiylar Yamanda arab koalitsiyasiga hujumlar to‘xtatilgani haqida e'lon qildi

Foto: AP Photo / Hani Mohammed
«Ansarulla» harakatidan bo‘lgan isyonchi husiylarning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va ularning Yamandagi ittifoqchilariga hujumlar to‘xtatilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, husiylar raketalar va uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida amalga oshiriluvchi hujumlarni to‘xtatgan.
Ta'kidlanishicha, isyonchilar «adolatli tinchlikka erishishga» tayyor ekanliklarini ham bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Yaman mojarosidagi ishtiroki Eron bilan urushga olib kelishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi

11:54 / 07.05.2025