Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Karachidagi konsulligiga hujum: uch xudkush va ikki politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS
Pokistonning Karachi shahrida xudkushlar kamariga ega terrorchilar Xitoy konsulligiga hujum uyushtirishdi. Pokiston politsiyasi xudkushlar bilan otishmaga kirishgan. Uch nafar terrorchi o‘ldirildi, ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Yana bir huquq-tartibot organi xodimi yaralangan.
Uch nafar terrorchidan iborat guruh Xitoy diplomatik missiyasi yonida otishma keltirib chiqardi va granatani portlatdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Konsullik xodimlarining hech biri zarar ko‘rmadi. Ularning barchasi xavfsiz joyda.


«Belujiston ozodlik armiyasi» ayirmachilik guruhi hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu Pokiston janubidagi eng kuchli guruhlardan biridir. Mahalliy matbuot ma'lumotiga ko‘ra. 1980-yillarda «Belujiston ozodlik armiyasi» so‘l kayfiyatdagi talabalarni birlashtirgan. So‘ng tashkilot radikal millatchilarning ta'siriga tushib qolgan. Shuningdek, Islomobodning siyosatidan norozi bo‘lgan belujlar qabilalari yetakchilari ham guruhni qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025