Rossiyalik dengizchilarning Ukraina kemalariga hujumi muhokamasi audioyozuvi e'lon qilindi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi Kerch bo‘g‘ozidagi voqea vaqtida rossiyalik dengizchilar qanday harakatlangani tasvirlangan videoni, shuningdek, Rossiya kemalaridagi boshliqlarning o‘zaro muloqoti yozilgan audioyozuvni e'lon qildi.
Kadrlar Ukraina xizmatlari tomonidan muhrlangan, rus tilidagi muzokaralar esa Rossiya tomonidan tajovuzkorlik ro‘y berganini tasdiqlaydi.
25 noyabr kuni ertalab Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirgani haqida xabar berdi. Ular Odessadan Mariupolga yo‘l olgan, ammo ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmagan.
Videoda ko‘rish mumkinki, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining «Don» kemasi ukrainlarning shatakchi kemasiga borib urilgan.

MVS Ukrayini spetszasobami otrimalo dostup do vіdeo provokatsіyi -tarana rosіyskogo prikordonnogo korablya "Don" ukrayinskogo🇺🇦 sudna. Perexoplene vіdeo znyato rosіyskimi, chutnі komandi - tse pіde dokazom v mіjnarodniy sud!
— Arsen Avakov (@AvakovArsen) 25 noyabrya 2018 g.
Agresіya! Gurtuyemos ta ochіkuemo reaktsіyi drujnіx krayin! pic.twitter.com/f0e9hFB1BT
Kunning ikkinchi yarmida rasmiy Kiyev Rossiyani Kerch bo‘g‘ozi yaqinida Ukraina kemalarini qo‘lga olishda aybladi.
Audioyozuvda esa harbiylar hujum rejasini muhokama qilishadi: ulardan biri rahbariyat hujum qilishga ko‘rsatma bergani haqida aytadi. Amaliyot ishtirokchilari bu harakatlarining o‘z kareralaridagi oqibatlari haqida ham so‘zlashishgan.
Bu yozuvlar «Rossiya Federatsiyasining harbiy-siyosiy rahbariyati Qora dengiz va Azov dengizidagi vaziyatni izdan chiqarish uchun agressiv harakatlarni amalga oshirishga rozilik bergani uchun dalildir», deyiladi rasmiy Kiyev bayonotida.
Mavzuga oid

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12 / 24.05.2025
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025