Ferrari o‘z mijozi uchun noyob superkar qurib berdi

Ferrari yagona nusxada yaratilgan Ferrari SP3JC nomli spayderini taqdim qildi. Bu mashina haqida tafsilotlar oz, biroq u biznesmen, Ferrari’ning klassik sport avtomobillarini sotuvchi kompaniya asoschisi Jon Kollinz buyurtmasiga ko‘ra qurilgani taxmin qilinmoqda.
Superkar Ferrari’ning Special Projects bo‘limi tomonidan yagona nusxada qurilgan. Mashina suratlariga ko‘ra, uni qurishda Ferrari 812 Superfast va undan avvalgi model F12berlinetta elementlari qo‘llangan. Misol uchun, eski kupedan old chiroqlar va interer elementlari, yangisidan esa orqa chiroqlar olingan.
Yangi spayderning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot yo‘q.
812 Superfast kupesi 800 ot kuchiga ega dvigatel va ikki ilashishli robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Superkar 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada erisha oladi.
F12berlinetta modeli esa 740 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanib, 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erisha oladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina delegatsiyasi Istanbuldagi muzokaralarning navbatdagi raundiga yo‘l oladi - Zelenskiy
Jahon | 20:07
-
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi
Jahon | 19:29
-
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi
Jahon | 19:01
-
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi
O‘zbekiston | 18:54
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

12:55 / 03.08.2024