O‘zbekistonda 2,5 mlrd dollarlik «aqlli shahar» qurilishi rejalashtirmoqda

Foto: mytashkent.uz
Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi Toshkent viloyatida «aqlli shahar» barpo etish va buning uchun 2,5 milliard dollar miqdorida sarmoyalar jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Toshkentda 19-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum doirasida «aqlli shahar» qurilishini nazarda tutuvchi memorandum imzolandi. O‘zbekiston tomonidan hujjatni Davlat investitsiya qo‘mitasi imzoladi.
Kompaniya 2021 yil oxirigacha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Universal Success Enterprises aqlli va sanoat shaharlarini qurishda tajribaga ega. Xususan, kompaniya tomonidan Hindistonda 152 gektar maydonda Kolkata West international city shaharchasi va 400 gektar hududda Dholera special investment region loyihasi amalga oshirildi.
Mavzuga oid

15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

11:53 / 11.02.2025