WBC boksni Olimpiada dasturida saqlab qolishga chaqirdi

Foto: AFP
Butunjahon boks kengashi (WBC) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga boksning Olimpiada dasturida saqlanib qolinishi iltimosi bilan murojaat qildi.
Noyabr boshida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasining (AIBA) Moskvadagi kongressida O‘zbekiston vakili G‘ofur Rahimov ushbu tashkilot prezidenti lavozimiga saylangandi. AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti Rahimovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgani sabab, XOQ Rahimovga AIBA prezidenti lavozimiga uning nomzodi ilgari surilishi boksning Olimpiada dasturida saqlanib qolinishi masalasiga ta'sir qilishi mumkinligini ma'lum qilgan. Keyinroq XOQ AIBA kongressining qarorini bir oydan keyin ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama qilishi ma'lum bo‘lgandi.
“Boks Olimpiadaning asosiy turlaridan biri bo‘lgan va 1904 yildan boshlab zamonaviy Olimpiya o‘yinlari dasturida bor. Butun boks olami XOQ va AIBA boksning Olimpiada dasturida bo‘lishini xavf ostiga qo‘yayotgan zidddiyatlar bo‘yicha kelishib olishiga ishonadi. Havaskorlik boksi yosh yigitlarga o‘z orzulariga erishishlari va o‘z davlatlarini Olimpiadada taqdim qilib, shon-shuhrat qozonishlariga imkon beradi”, deb aytilgan WBC bayonotida.
Ma'lum qilinishicha, Kiyevdagi har yillik konvensiyada WBC vakillari millionlab boks ixlosmandlari boksning Olimpiya o‘yinlarida qolishi istagini bildirishgan petitsiyaga imzo qo‘yishgan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
NYT: Rossiya Ukrainaning aerodromlarga bergan zarbalariga «jiddiy» javob qaytaradi
Jahon | 13:35
-
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Iqtisodiyot | 13:21
-
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin
Jahon | 13:09
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

08:15 / 18.05.2025