Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqid bilan ishdan olingan Narpay tumani tibbiyot birlashmasi rahbari boshqa tumanda rahbar bo‘ldi
Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasiga Lutfullo Saydulloyevich Mahmanov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Qayd etish kerakki, biroz avvalroq Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on shahrida Payariq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Paxtachi, Narpay, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on shahri va tumani tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Hududlardagi davolash-profilaktika muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar bilan ta'minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga tanqidiy baho berilgan uchrashuvda Lutfullo Mahmanov o‘z faoliyatida qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Narpay tumani tibbiyot birlashmasi rahbarligidan olingandi.
Viloyat rahbari ayrim tumanlardagi tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun sharoitning yetarli emasligi, ularni dori-darmon, sifatli oziq-ovqat, ichimlik suvi bilan ta'minlash ahvoli qoniqarsizligini tanqid qilgandi.
Mavzuga oid

20:04 / 26.06.2025
Andijon va Jizzaxda tibbiyot birlashmalariga pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

15:43 / 20.06.2025
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

16:21 / 07.05.2025