O‘zbekistonning yetakchi to‘qimachilik sanoat kompaniyalari V Butunrossiya yengil sanoat forumida ishtirok etmoqda

29-30 noyabr kunlari Ivanovo (Rossiya) shahrida V Butunrossiya yengil sanoat forumi bo‘lib o‘tadi, unda “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi delegatsiyasi ishtirok etadi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari F.Jumaniyozov rahbarligidagi delegatsiya tarkibidan O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoat korxonalari rahbarlari o‘rin oldi, deya xabar beradi assotsiatsiya matbuot xizmati.
Ivanovodagi forumda O‘zbekistondan tashqari Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Malayziya va Yaponiya vakillari ham qatnashadi. Forum ishida shuningdek Ivanovo shahrining yetakchi to‘qimachilik va tikuv korxonalari ishtirok etadi. Tadbirda 500 dan ziyod delegatlar ishtiroki kutilmoqda.
O‘zbekistondan «Urganch grupp», «Shashmaqashob», «Mo‘min Tekstil», «VodiySanoatFaxri», «Xorazmteks», «Madaniyat teks», «Bo‘stonliqplasteks», «Bulut teks» kabi to‘qimachilik sanoati yetakchilari forumga yo‘l olgan.
Forumning birinchi kuni, 29 noyabrda Ivanovo davlat politexnika universiteti maydonida “To‘qimachilik sanoati O‘zbekiston bilan hamkorlik chegaralarini kengaytiradi” mavzusidagi muhokamalar doirasi bo‘lib o‘tadi.
Butunrossiya yengil sanoat forumining ikkinchi kunida RF Sanoat va savdo vazirligi rahbarlari, Ivanovo viloyati gubernatori Stanislav Voskresenskiy, Sanoatni rivojlantirish fondi direktori Roman Petruts, Xalqaro bayyerlar assotsiatsiyasi prezidenti Georgiy Rostovshikovlarning chiqishlari rejalashtirilgan. V Butunrossiya yengil sanoat forumida Rossiyadagi eng yirik soha korxonalari rahbarlari, xorijiy kompaniyalar vakillari, uyushmalar va ittifoqlar rahbarlari, ilmiy hamjamiyat vakillari ekspert sifatida ishtirok etishadi.
Mavzuga oid

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

16:32 / 12.06.2025
Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ochiladi

11:45 / 29.05.2025
17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda

11:37 / 26.05.2025